Huawei kompaniyasi 2023-yil uchun Yillik Hisobotini eʼlon qildi: Faoliyat kutilgan natijalarga mos

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei kompaniyasi 2023-yil uchun Yillik Hisobotini eʼlon qildi: Faoliyat kutilgan natijalarga mos

2024.04.01

2024-yil 29-mart kuni Huawei kompaniyasi 2023-yil uchun yillik hisobotni eʼlon qildi va faoliyat kutilgan natijalarga mos ekanini bildirdi. Ko‘rilgan foyda 704,2 mlrd yuanni, sof foyda esa — 87 mlrd yuanni tashkil etdi. O‘tgan yil davomida Huawei ning АKT sohasidagi biznesi barqarorligicha qoldi, kompaniyaning isteʼmol segmentidagi biznesi esa kutilgan natijani berdi. Kompaniyaning bulutli hisoblashlar (Cloud) va raqamli energetika (Digital Power) bo‘linmalari uzluksiz ravishda o‘sib bordi, avtomobillar uchun intellektual yechimlar bo‘yicha yo‘nalishda esa keng ko‘lamli taʼminot ishlari boshlandi.

Huawei tadqiqotlar va innovatsiyalarni qadrlaydi. 2023-yilda kompaniya ITTKI (Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari) sohasiga 164,7 mlrd yuan sarmoya kiritdi, bu yillik daromadning 23,4 % ni tashkil etadi. Umuman olganda, kompaniya tomonidan keyingi o‘n yillikda ITTKI sohasiga yo‘naltirilgan sarmoya miqdori 1,11 trln yuanga yetdi.

«Kompaniyaning 2023-yildagi faoliyati sarhisobi kutilgan natijalarga mos keladi», — dedi Huawei ning navbatdagi raisi Ken Xu. «Keyingi bir necha yilda biz ko‘p to‘siqlarni yengib o‘tdik. Biroq ketma-ket sinovlardan o‘tar ekanmiz, o‘zimiz ham tobora o‘sib bordik. Butun dunyo bo‘ylab mijozlarimiz, hamkorlarimiz va do‘stlarimizning ishonchi va xayrihohligi bizga olg‘a qadam bosish, yashash va o‘sishda davom etishimizga yordam bergan kuch bo‘ldi».

2023-yildagi faoliyat turlari bo‘yicha daromad. АKT infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha bo‘linma 362 mlrd yuan keltirdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 2,3 % ga ko‘p. Isteʼmol biznesi o‘tgan yilga solishtirganda 17,3 % o‘sish bilan 251,5 mlrd yuan daromadni qayd etdi. Bulutli hisoblash (Cloud) biznesi 55,3 mlrd yuan olib keldi, bu ko‘rsatkich ham oldingi yilga nisbatan 21,9 % ga yuqoridir. Raqamli energetika (Digital Power) bo‘linmasi 52,6 mlrd yuan ishlab topdi va natijani avvalgi yilga nisbatan 3,5 % ga yaxshiladi. Аvtomobillar uchun intellektual yechimlarni ishlab chiqarish biznesi 2022-yilga nisbatan 128,1 % ga ilgarilab, jami 4,7 mlrd yuan daromad keltirdi.

Ilgari odimlash barobarida Huawei texnologiyalarni rivojlantirish va turli tarmoqlarni modernizatsiyalashtirishga ko‘mak berish uchun mo‘ljallangan innovatsiyalarni yaratish hamda ommalashtirishga sarmoya kiritishda davom etib keladi. Kompaniya sifatli asbob-uskunalar yetkazish va xizmatlar ko‘rsatish orqali muvaffaqiyat sari intilar ekan, yuqori sifat darajasini o‘zining asosiy raqobatbardosh afzalliklaridan biriga aylantirish ustida g‘ayrat bilan ishlamoqda. Dunyo bo'ylab 9,5 million ishlab chiquvchi va 46 000 ekotizim hamkorlari bilan Huawei ochiq hamkorlikni va boshqalarga muvaffaqiyatga erishishda yordam berishni qat'iy yoqlaydi. Kompaniya bunday yondoshuvga sodiq qolgan holda АKT borasida asosiy texnologiyalarni, shuningdek zamonaviy sanalgan apparatli va dasturiy taʼminotlar uchun imkoniyatlar platformalarini yaratishga diqqat qaratishda davom etadi, xususan bu platformalar kelgusida umumiy yutuqqa xizmat qilishi uchun hamkorlarga ochiq bo‘ladi.

«2024-yilda bizni yangi sayohat kutmoqda», — deya xulosa qildi Xu. «Biz ochiq innovatsiyalarni ilgari surish, taraqqiy etgan ekotizimlarni yaratish hamda sifatni taʼminlash orqali muvaffaqiyatga erishish bilan mijozlarimiz va jamiyat uchun katta qadriyat yaratamiz. Shu o‘rinda men bu yo‘lda safimizga qo‘shilganlarga, – va kelajakda qo‘shiladiganlarga — tashakkur aytmoqchiman. Keling, barchamiz birgalikda buyuk ishlarga bel bog‘laymiz. Keling, butkul o‘zaro bog‘langan, intellektual dunyoni birgalikda quramiz».

2023-yil uchun hisobotda keltirilgan barcha moliyaviy ko‘rsatkichlar «Katta to‘rtlik»ning KPMG – xalqaro auditorlik firmasi tomonidan tekshirildi. 2023-yil uchun hisobot yuklab olish uchun quyidagi havolada berilgan https://www.huawei.com/en/annual-report/2023

*АQSh dollari kursi 2023-y yakuni holatiga olingan: 1 АQSh dollari = 7.0808 yuan