Huawei hamkorlar va mijozlarlarni tijorat biznesini muvaffaqiyatli raqamlashtirish yo‘lida birlashishga taklif etadi

Продолжая просмотр сайта и(или) нажимая X, я соглашаюсь с использованием файлов cookie владельцем сайта. Batafsil

Huawei hamkorlar va mijozlarlarni tijorat biznesini muvaffaqiyatli raqamlashtirish yo‘lida birlashishga taklif etadi

2024.04.22

2024-yil 22-aprel kuni Huawei kompaniyasi Central Asia Commercial Roadshow ni ishga tushirdi. Raqamlashtirishning jadal rivojlanishi va raqamli iqtisodiyotning shakllanib borayotgani eʼtiborga olinsa, O‘zbekiston tijorat biznesi uchun bir qator tadbirlarni o‘tkazgan birinchi davlat bo‘ldi. Ushbu tadbirda davlat va taʼlim sektori, turli industriyalar, IT sohasidagi xususiy biznes, sog‘liqni saqlash, chakana savdo, mehmonxonalar sohasi vakillari o‘z mijozlari va hamkorlarining ehtiyojlariga yechim topish uchun raqamli mahsulotlar bilan tanishdilar.

Huawei-priglashayet-partnerov-i-zakazchikov-obedinitsya

Huawei Enterprise korporativ biznes guruhi davlat, korporativ va industrial sektorlardagi hamkorlari va mijozlarining ilg‘or raqamli mahsulotlar, yechimlar va platformalardan xabardorligini oshirish maqsadida har yili anʼanaviy tadbirlarni o‘tkazib keladi. 2024-yil 22-aprel kuni Toshkentda tijorat yo‘nalishidagi biznes uchun o‘tkazilgan birinchi tadbir qatnashchilariga mijozlarlarning turli ssenariylarga oid ehtiyojlarini qondirish uchun ilg’or yechimlarni o‘rganish imkonini berish bilan bir qatorda ularga tegishli kichik va o‘rta biznesni bosqichma-bosqich raqamli va intellektual transformatsiya qilish jarayonlariga yo‘l ochdi.

Huawei-priglashayet-partnerov-i-zakazchikov-obedinitsya-dlya-uspeshnoy-tsiphrovizatsii-kommercheskogo-biznesa

O‘z kirish so‘zida Huawei Enterprise biznes guruhining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo regioni bo‘yicha tijorat biznesi yo‘nalishi direktori Jeyson Yan hamkorlar bilan birga ishlash strategiyasi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek hamkorlar uchun biznesni yuritish, mahsulotlar logistikasini monitoring qilish, marketing resurslari va taʼlim materiallaridan foydalanish jarayonlarini osonlashtirish maqsadida ishga tushirilgan innovatsion servis va raqamli platformalar haqida so‘zlab berdi. «Biz hamkorlarni birgalikda kichik va o‘rta biznes korxonalarini bozorda talabgir bo‘lgan mahsulotlar, IT vositalar hamda biznesni tashkil etish bo‘yicha ishonchli tizimlar yordamida raqamli va intellektual transformatsiya qilish uchun hamkorlikka taklif etamiz».

Huawei-priglashayet-partnerov-i-zakazchikov-obedinitsya-dlya-uspeshnoy-tsiphrovizatsii-kommercheskogo-biznesa

Tadbir davomida ekspertlar Huawei mahsulotlari va yechimlari, ularning raqobatbardosh afzalliklari, IP-tarmoqlari, maʼlumotlarni saqlash tizimlari, optiq tarmoqlar kabi yo‘nalishlarda qo‘llash ssenariylari, masofaviy aloqani tashkil etish uchun intellektual qurilmalar va tizimlar, chakana savdo, sog‘liqni saqlash, turizm va boshqa sohalar uchun yaratilgan aqlli va xavfsiz kampuslar bilan tanishtirdilar. Mehmonlar orasida taʼlim sohasi vakillari borligi eʼtiborga olinib, mazkur texnologiyalar va yechimlarning qo‘llanishi «aqlli» universitetlar va maktablarni yaratish bo‘yicha amaliy misollar asosida namoyish etildi.

Huawei-priglashayet-partnerov-i-zakazchikov-obedinitsya-dlya-uspeshnoy-tsiphrovizatsii-kommercheskogo-biznesa

Huawei ning O‘zbekistondagi АKT yechimlari bo‘yicha maslahatchisi Reshat Boltaev kompaniyaning hamkorlar manfaatini ko‘zlovchi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va biznes-modelini qurish hisobiga tijorat bozoriga kiritayotgan strategik sarmoyalari to‘g‘risida so‘zlab berdi. «Kichik va o‘rta biznes korxonalari, tijorat tashkilotlar va vertikal industriyani global tarzda raqamli va intellektual transformatsiya qilish ulkan bozorni paydo qiladi hamda katta imkoniyatlarga yo‘l ochadi. Biz hamkorlar bilan birgalikda rivojlantirish siyosatini optimallashtirish, sog‘lom va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish hamda umumiy muvaffaqiyatga erishish yo‘lida saʼy-harakatlarni birlashtirishda davom etamiz» - deya taʼkidladi Reshat Boltaev.

Huawei-priglashayet-partnerov-i-zakazchikov-obedinitsya-dlya-uspeshnoy-tsiphrovizatsii-kommercheskogo-biznesa

Biznesning tijorat yo‘nalishiga bag‘ishlangan navbatdagi Central Asia Commercial Roadshow tadbiri 2024-yil 25-aprel kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Tadbirga qiziqish bildirgan hamkorlar va mijozlar ro‘yxatdan o‘tgan holda qatnashishlari mumkin.  

Huawei kompaniyasi o‘zaro manfaat, halollik va qoidalarga amal qilish bilan ifodalanuvchi umumiy muvaffaqiyatga erishish uchun ochiq hamkorlikka intilgan holda gullab-yashnagan ekotizimni yaratish yo‘lida butun dunyo bo‘ylab 40 000 dan ortiq hamkorlar bilan birgalikda ishlaydi. Huawei O‘zbekistondagi 25 yillik faoliyati davomida АKT infratuzilmalarini mustahkamlash, iqtisodiyotning turli sohalarini raqamlashtirish, raqamli ishlanmalar bo‘yicha iqtidorlarni yetishtirish va rag‘batlantirish hamda mamlakat taraqqiyotiga barqaror ko‘mak berish sohasida ahamiyatli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.